«Andijon 1-son paxta tozalash» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

1 minute, 28 seconds Read

«Andijon 1-son paxta tozalash» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig’ilishi 2024 yil 28 iyun kuni o’tkaziladi. Umumiy yig’ilish soat 10:00 da Andijon viloyati, Andijon tumani, Gulobod MFY, Namuna ko’cha, 1-uyda joylashgan «Andijon 1-son paxta tozalash» aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosining majlislar zalida o’tkaziladi.
Yig’ilish qatnashchilarini ro’yxatga olish soat 09:00 da boshlanadi.
Jamiyatning rasmiy veb-sayti: andijon1ptaj.uz

Kun tartibidagi masalalar

1. Yillik umumiy yig’ilish reglamenti va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2. Jamiyatning 2023 yil yakuni va biznes- rejasi ko’rsatkichlarini bajarilishi bo’yicha jamiyat ijroiya organi rahbari-Bosh direktorning hisobotini tasdiqlash.
3. Jamiyatning 2023 yil yakuni bo’yicha yillik buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalarini tasdiqlash.
4. Jamiyat tashqi auditorining 2023 yil moliya–xo’jalik faoliyati yakuni bo’yicha auditorlik xulosasini tasdiqlash.
5. Jamiyat kuzatuv kengashining 2023 yil yakuni bo’yicha hisobotini tasdiqlash.
6. Jamiyatning o’tgan yillardagi taqsimlanmagan sof foydasi va 2023 yil yakuni bo’yicha olingan sof foyda va zararlarini taqsimlash.
7. Jamiyat ijroiya organi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddatini uzaytirish masalasini ko’rib chiqish.
8. Jamiyatning 2024 yil moliya–xo’jalik faoliyati yakuni bo’yicha auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to’lanadigan haqning eng ko’p miqdorini belgilash.
9. Jamiyatning 2024 yil uchun mo’ljallangan Biznes rejasini (daromad va xarajatlar smetasini) tasdiqlash.
10. Jamiyat ijro organi xodimlarining vaqtinchalik shtatlar jadvalini tasdiqlash.
11. Qonunchilikda belgilangan da’vo muddati o’tgan jamiyatning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini hisobdan chiqarishni ko’rib chiqish hamda buxgalteriya hujjatlariga tegishli yozuvlarni kiritish.
12. Paxtaobod tumani Xayotbaxsh MFY Vafo ko’chasi 35 uyda joylashgan pillaxona va Andijon tumani Xartum MFY Shoxizinda ko’chasida joylashgan pillaxona binolarini sotish masalasi, 2009-2018 yillarda namunali uylar uchun o’tkazilgan mablag’lar undirilishi imkoniyati bo’lmaganligi tufayli xarajatga olish to’g’risida.

Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar reestri 2024 yil 24 iyun holatiga shakllantiriladi.
Aksiyadorlar o’zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan, ularning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun-notarius tomonidan tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun-mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) ishonchnoma bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishga oid ma’lumotlar bilan “Andijon 1-son paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosida tanishishlari mumkin.

O`xshashlar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan