Aktsiyadorlik jamiyat aktsiyadorlari diqqatiga

1 minute, 0 seconds Read

“Andijon 1-son paxta tozalash” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2023 yil 03 mart kuni soat 11:00da Andijon viloyati, Andijon tumani, Nayman MFY, Gulobod shaxarchasida joylashgan “Andijon 1-son paxta tozalash” aktsiyadorlik jamiyati ma’muriy binosining majlislar zalida o’tkaziladi.

Yig’ilish qatnashchilarini ro’yxatga olish soat 10:00da boshlanadi.

Jamiyatning rasmiy veb-sayti: andijon1ptaj.uz

KUN TARTIBIDAGI MASALALAR

  1.  Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2.  Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishining reglamentini tasdiqlash.
  3. Jamiyat kuzatuv kengashini qayta saylash.
  4. Jamiyat aktsiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sana – umumiy yig’ilishni o’tkazish to’g’risida xabardor qilish va aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aktsiyadorlarining reestri (3 ish kuni oldin) 2023 yil 27 fevral  holatiga shakllantiriladi.
  5. Aktsiyadorlar o’zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat – pasport hamda ularning vakillari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart (jismoniy shaxslar uchun – notarius tomonidan tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan).

Aktsiyadorlar, aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan “Andijon 1-son paxta tozalash” aktsiyadorlik jamiyati ma’muriy binosida tanishishlari mumkin.

Aktsiyadorlar qo’shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin: Andijon viloyati,Andijon tumani, Nayman MFY Gulobod shaxarchasi.

Elektron pochta: info@andijon1ptaj.uz
Telefon: (+998) 90 144-07-05

O`xshashlar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan