Navbatdan tashqari umumiy yig’ilish xaqida e’lon

1 minute, 27 seconds Read

«ANDIJON 1-SON PAXTA TOZALASH» AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

«Andijon 1-son paxta tozalash» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2023 yil 27 iyun kuni soat 16:00da Andijon tumani, Nayman KFY, Gulobod MFYda joylashgan «Andijon 1-son paxta tozalash» aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosining majlislar zalida o’tkaziladi.

Yig’ilish qatnashchilarini ro’yxatga olish soat 15:00 da boshlanadi.
Jamiyatning rasmiy veb-sayti: www.andijon1ptaj.uz

KUN TARTIBIDAGI MASALALAR

  1. Umumiy yig’ilish reglamenti va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
  2. Jamiyatning 2022 yil yakuni va biznes-rejasi ko’rsatkichlarini bajarilishi bo’yicha jamiyat ijroiya organi rahbarining hisobotini tasdiqlash.
  3. Jamiyatning 2022 yil yakuni bo’yicha yillik buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalarini tasdiqlash.
  4. Jamiyat tashqi auditorining 2022 yil moliya-xo’jalik yakuni bo’yicha xulosasini tasdiqlash.
  5. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2022 yil yakuni bo’yicha xisobotini tasdiqlash.
  6. Jamiyatning 2022 yil yakuni bo’yicha olingan sof foydasini taqsimlash.
  7. Jamiyat ijroiya organi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddatini uzaytirishni ko’rib chiqish.
  8. 2023 yil moliya-xo’jalik faoliyati yakuni bo’yicha auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to’lanadigan haqning eng ko’p miqdorini belgilash.
  9. Jamiyatning 2023 yil uchun mo’ljallangan biznes-rejasini tasdiqlash.
  10. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.
  11. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolariga haq to’lash masalasini ko’rib chiqish.
  12. Jamiyat ijro organi xodimlarining shtatlar jadvalini tasdiqlash.
  • Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sana – umumiy yig’ilishni o’tkazish to’g’risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestri 2023 yil 29 may holatiga va aksiyadorlar umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reestri (3 ish kuni oldin) 2023 yil 23 iyun holatiga shakllantiriladi.
  • Aksiyadorlar o’zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat – pasport hamda ularning vakillari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart (jismoniy shaxslar uchun – notarius tomonidan tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan).
  • Aksiyadorlar, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan «Andijon 1-son paxta tozalash» aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosida tanishishlari mumkin.
  • Aksiyadorlar qo’shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin: Andijon viloyati, Andijon tumani, Nayman QFY, Gulobod MFY.
  • Elektron pochta: info@andijon1ptaj.uz
  • Telefon : (+998) 99-047-07-05.

O`xshashlar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan