Jamiyat faoliyati

JAMIYAT FAOLIYATINING SOHASI (ASOSIY YO’NALISHLARI) VA MAQSADI

1. Jamiyat tijorat tashkiloti bo’lib, uning asosiy maqsadi moliyaviy xo’jalik faoliyatidan foyda olishdir.
2. Jamiyat asosiy maqsadiga erishish uchun faoliyat va xizmat ko’rsatishning quyidagi turini amalga oshiradi:
– O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda mol-mulk, ko’chmas mulk, intellektual mulklar olish, sotish, ijaraga berish, ijaraga olish.
3. Jamiyat O’zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishga haqli.
4. Maxsus ruxsatnoma (lisenziya) olishni talab qiladigan faoliyat turlari jamiyat tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lisenziya olingandan keyin amalga oshiriladi.
5. Mazkur Ustavda ko’rsatilgan o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun jamiyat investision va O’zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari bilan man etilmagan faoliyatlarning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
6. Jamiyat qonunchilikda belgilangan boshqa faoliyat turlarini belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin.