Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi bo’yicha e’lon

1 minute, 8 seconds Read

Jamiyat aktsiyadorlari diqqatiga.

“Andijon 1-son paxta tozalash” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2022 yil 17 dekabrь kuni soat 1000da Andijon viloyati, Andijon  tumani, Nayman KFY, Gulobod MFYda joylashgan “Andijon 1-son paxta tozalash” aktsiyadorlik jamiyati ma’muriy binosining majlislar zalida o’tkaziladi.

Yig’ilish qatnashchilarini ro’yxatga olish soat 0900 boshlanadi.

Jamiyatning rasmiy veb-sayti: www.andijon1ptaj.uz

KUN  TARTIBIDAGI MASALALAR:

  1. “Andijon 1-son paxta tozalash” AJ ijroiya organining 2022 yil 25 noyabrdagi  01/121-sonli xatiga asosan, jamiyat balansidagi “Asbob-uskuna va boshqa asosiy vositalar”ni baholangan qiymatda “Oltin mato-group” MCHJ va “Soxib omad barakasi” MCHJ klaster korxonalariga sotish xaqidagi murojaatini ko’rib chiqish to’g’risida

————————————————————————————————————————–

  • Jamiyat aktsiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sana – umumiy yig’ilishni o’tkazish to’g’risida xabardor qilish va aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aktsiyadorlarining reestri (3 ish kuni oldin) 2022 yil 13 dekabr holatiga shakllantiriladi.
  • Aktsiyadorlar o’zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat – pasport hamda ularning vakillari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart (jismoniy shaxslar uchun – notarius tomonidan tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan).
  •  

Aktsiyadorlar, aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan “Andijon 1-son paxta tozalash” aktsiyadorlik jamiyati ma’muriy binosida tanishishlari mumkin.

Aktsiyadorlar qo’shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin: Andijon viloyati,Andijon tumani, Nayman QFY, Gulobod MFY.

Elektron pochta: info@andijon1ptaj.uz

Telefon: (+998) 99 04707-05

O`xshashlar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan