«Andijon 1 paxta tozalash» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga.

1 minute, 38 seconds Read

«Andijon 1 paxta tozalash» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig’ilishi 2022-yil 25-iyun kuni o’tkaziladi. Umumiy yig’ilish soat 10:00da Andijon viloyati, Andijon tumani, Gulobod shaxarchasida joylashgan «Andijon 1 paxta tozalash» aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosining majlislar zalida o’tkaziladi.
Yig’ilish qatnashchilarini ro’yxatga olish soat 10:00da boshlanadi.
Jamiyatning rasmiy veb-sayti: www.andijon1ptaj.uz

KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:
1. Umumiy yig’ilish reglamenti va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2. Jamiyatning 2021-yil yakuni va biznes-rejasi ko’rsatkichlarini bajarilishi bo’yicha jamiyat boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash.
3. Jamiyat 2021-yil yakuni bo’yicha yillik buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalarini tasdiqlash.
4. Jamiyatning 2021-yil yakuni bo’yicha taftish komissiyasining xulosasini tasdiqlash.
5. Jamiyat kuzatuv kengashining 2021-yil yakuni bo’yicha xisobotini tasdiqlash.
6. Jamiyat tashqi auditorining 2021-yil moliya-xo’jalik yakuni bo’yicha xulosasini tasdiqlash.
7. Jamiyatning 2021 yil yakuni bo’yicha olingan sof foydasini taqsimlash.
8. Jamiyat ijroiya organi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddatini uzaytirishni ko’rib chiqish.
9. Jamiyatning 2022 yil yakunlari bo’yicha auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to’lanadigan xaqning eng ko’p miqdorini belgilash.
10. Jamiyatning 2022 yil uchun mo’ljallangan biznes-rejasini tasdiqlash.
11. Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarini qayta saylash.
12. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolariga haq to’lash masalasini ko’rib chiqish.
13. Jamiyat Nizomiga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish.
14. Jamiyat tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
15. Jamiyat tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformalariga savdoga chiqarilgan va muddatida sotilmagan jamiyat aktivlari qiymatini belgilangan tartibda bosqichma-bosqich tushirish masalasini ko’rib chiqish.
16. Qonunchilikda belgilangan da’vo muddati o’tgan jamiyatning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini hisobdan chiqarishni ko’rib chiqish hamda buxgalteriya hujjatlariga tegishli yozuvlarni kiritish.

  • Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sana – umumiy yig’ilishni o’tkazish to’g’risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestri 2022-yil 03-iyun holatiga va aksiyadorlar umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reestri
    2021-yil 21-iyun holatiga shakllantiriladi.
  • – Aksiyadorlar o’zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat-pasport hamda ularning vakillari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart (jismoniy shaxslar uchun-notarius tomonidan tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun-mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan).
  • Aksiyadorlar aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan «Andijon 1 paxta tozalash» aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosida tanishishlari mumkin.
  • Aksiyadorlar qo’shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin: Andijon viloyati, Andijon tumani, Nayman MFY Gulobod shaxarchasi.
    Elektron pochta: info@andijon1ptaj.uz
    Telefon: (998) 97 992-20-06.

O`xshashlar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan