Prezident issiqxona xo‘jaliklari faoliyati bo‘yicha yangi qaror imzoladi

0 minutes, 52 seconds Read

Issiqxona xo‘jaliklariga ajratilgan kreditlarda imtiyozli davr 5 yilga uzaytiriladi.

“Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Issiqxona xo‘jaliklari va muzlatgichli omborxonalar iqtisodiy jihatdan samarali ishlashi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Issiqxona xo‘jaliklari va muzlatgichli omborxonalar uchun ajratilgan milliy va xorijiy valutadagi kreditlarni qaytarish muddatlari umumiy hisobda 14 yil etib belgilanadi va imtiyozli davr 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi. 

Issiqxona xo‘jaliklarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun banklar tomonidan 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi. Bunda mazkur kreditlar Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga ajratilgan budjet ssudasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Issiqxona xo‘jaliklarida eksportbop mahsulot yetishtirishga talab etiladigan aylanma mablag‘lar uchun xorijiy valutadagi bank kreditlari Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan yillik 4 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) ajratiladi. Ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatlari issiqxonalarda hosilni yig‘ib olish va sotish muddatlariga moslashtiriladi.

Issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya summasi 2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 1 aprelgacha, istisno tariqasida, hisoblanmaydi.

Manba

O`xshashlar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan